Yashirincha olib kirilmoqchi bo’lingan zargarlik buyumlari aniqlandi

Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro K.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi.
Natijada, oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan bojxona koʻrigi davomida, ushbu shaxsning yuklari orasidan 52,9 gramm ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Tekshiruv davom ettirilib, fuqaro K.N. shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning tana aʼzolarida ham 21,5 gramm zargarlik buyumlari yashirilganligi maʼlum boʻldi.
Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 74,4 gramm boʻlgan umumiy qiymati 29,8 million soʻmlik zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Brilliant qoʻlli” yoʻlovchi hibsga olindi

405,9 millon so’mlik noqonuniy telefonlarning aylanmasiga chek qo’yildi

Mashina yukxonasidagi noqonuniy tamakilar aniqlandi

Markalanmagan tamaki mahsuloti o’z vaqtida fosh etildi

701 mln. soʻmlik tovarlar fosh boʻldi

Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Izohlar (0)