Tadbirkor Munira: “Gilamlarimni Olovuddinday yelkalab sotaman”
2012-yil. Kuz. Ishlash, oila boqish uchun Rossiya oʻlkasiga yoʻl oladi. Poyezd oynasidan koʻzini uzolmaydi, Muniraning 2 yoshli farzandini onasi bagʻriga bosib, qoʻl siltab qolgani koʻz oldidan ketmaydi. Poyezdda oʻrindiqqa oʻtirib ushbu sheʼrni yozadi:
Allalarin tez-tez aytib beshigiga,
Yamoq izlab roʻzgʻorining teshigiga.
Ketar chogʻi zor termulib eshigiga,
Musofirga chiqdi oʻzbek ayollari,
Lek qolib ketdi uyda xayollari.
Yillar oʻtdi qaytay desa hech boʻlmadi,
Roʻzgʻor shunday oʻpqon ekan hech toʻlmadi.
Kimlar goh menismay, goh kuladi,
Musofirga chiqdi oʻzbek ayollari,
Lek uyida qolib ketdi xayollari.
Munira Moskvaning Dmitirevskiy shahriga keladi. Bu yerda “Aysberg-lyuks” sutni qayta ishlash zavodiga ishga kiradi. Zavodda oldin oddiy ishchi - farrosh boʻlib ishlaydi. Soʻngra tsex ishchisi boʻladi. Munira bu davrini shunday eslaydi:
Munira qishlogʻiga qaytib kelgach avvalo farzandlarini bagʻriga bosdi. Oila, uy-joyini tartibga keltirdi.
- Qaytganimda farzandim ulgʻayib qolgan edi. Uni men oʻzimga oʻrgatib olgunimcha juda qiynaldim. Shuning uchun ayollarimizni oilasidan uzoqqa ketmaslikni istardim. Bir kun uyda boʻlmagan ayolning uyi qanday ahvolga tushishini bilasiz, men esa 5 yil ketdim.
Dunyo koʻrib dunyolar yarat, degan naql bor. Olis oʻlkalarda boʻlgan Munira katta taassurotlar bilan qaytadi. Avvalo tadbirkorlikni nimadan boshlashni oʻylaydi.
- Onam ham hunarmand boʻlgan, lekin elga tanilmagan. Tikkan koʻylaklari odamlarga juda yoqqan. Onamni hali-beri taniganlar gapirib berishadi. Hech qachon oʻlcham olmay tikkan, qoʻliga santimetr ushlamagan. Lekin, koʻylaklar mijozlariga toʻgʻri kelgan. Onam qoʻl mashinkada tikish qilgan. Meni ham buviyu momolarimizdan meros boʻlib kelgan hunarmandchilik koʻproq oʻziga tortdi. Gilam tsexini ochishni maqsad qildim, - deb soʻzlaydi Munira.
Maqsad bilan albatta ish bitmaydi. Har bir kasb-hunarning oʻz qiyinchiligi bor. Uning sir-asrorlarini oʻrganish uchun odamdan qunt va sabr talab qiladi. Bu jarayonda hunar oʻrganayotgan kishi albatta butun borligʻi bilan ishga kirishishi, qisqa qilib aytganda hunarni “jilovlay” olishi kerak.
Munirani yana savolga tutaman, qiyinchiliklardan qoʻrqmadiningizmi?
Mana endi tsex ochish uchun hamma tayyorgarlik koʻrildi. Gilam toʻqish uchun Erondan dastgohlar, iplar ham keltirildi. Qishloq xotin-qizlari Muniradan gilam toʻqish sirlarini oʻrganib, katta hunarmand boʻlishdi. Birin-ketin gilamlar tayyor boʻla boshladi. Munira oʻzi aytganidek, “Olovuddinday yelkalab” gilamlarini mahalliy bozorlarga olib borib sotdi.
Munira faqat gilam toʻqish bilan kifoyalanib qolmadi. Tarmoqni kengaytirish, yana yangi ish oʻrinlarini ochish uchun bel bogʻladi. Non mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexini yoʻlga qoʻydi. Bu tsexda bugungi kunda 3 nafar ishchi doimiy ish bilan taʼminlangan, 26 ta tashkilotga issiq non tarqatiladi. Nonlar sifatli boʻlgani uchun mahsulotga xaridor koʻp.
Munira Hamroyevaning tadbirkorlik faoliyati haqidagi soʻzlarini tinglar ekanman, uning yuragida haqiqiy tadbirkorlik shijoati urib turardi. Ertangi kun umidlari, qishloq ayollarining dardu tashvishlari bilan yonma-yon yashayotgan Munira hech bir muammoga befarq emas.
Munira Hamroyevaning oʻz taʼbiri bilan aytganda “kichik tsexning kichik faoliyati” bilan Xatirchi tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib borar ekan, yurtimiz taraqqiyotida, istiqbolda erishiladigan marralarda ayollik nozik yelkalari bilan, katta shijoat bilan yelkadosh boʻlayotir.
F. Qodirova
Allalarin tez-tez aytib beshigiga,
Yamoq izlab roʻzgʻorining teshigiga.
Ketar chogʻi zor termulib eshigiga,
Musofirga chiqdi oʻzbek ayollari,
Lek qolib ketdi uyda xayollari.
Yillar oʻtdi qaytay desa hech boʻlmadi,
Roʻzgʻor shunday oʻpqon ekan hech toʻlmadi.
Kimlar goh menismay, goh kuladi,
Musofirga chiqdi oʻzbek ayollari,
Lek uyida qolib ketdi xayollari.
Munira Moskvaning Dmitirevskiy shahriga keladi. Bu yerda “Aysberg-lyuks” sutni qayta ishlash zavodiga ishga kiradi. Zavodda oldin oddiy ishchi - farrosh boʻlib ishlaydi. Soʻngra tsex ishchisi boʻladi. Munira bu davrini shunday eslaydi:
- Bu shaharda boʻlishim menga katta tajriba boʻldi. Zavod direktori Tatyana Valerevna ishimni kuzatib yurgan ekan. Bir kuni meni chaqirtirib tsexga ishlashimni aytdi. Bu yerda sutni qayta ishlash sir-asrorini oʻrgandim. Tsexda ishlagan kunimdan boshlab menda tadbirkorlik qilish orzusi paydo boʻldi. Bizning qishloqda ham shunday zavodlar, tsexlar boʻlsa. Ishsiz ayollarimiz ishlasa, degan oʻy-xayollar tinchlik bermasdi. Men bu zavodda 5 yil ishladim.
Munira qishlogʻiga qaytib kelgach avvalo farzandlarini bagʻriga bosdi. Oila, uy-joyini tartibga keltirdi.
- Qaytganimda farzandim ulgʻayib qolgan edi. Uni men oʻzimga oʻrgatib olgunimcha juda qiynaldim. Shuning uchun ayollarimizni oilasidan uzoqqa ketmaslikni istardim. Bir kun uyda boʻlmagan ayolning uyi qanday ahvolga tushishini bilasiz, men esa 5 yil ketdim.
Dunyo koʻrib dunyolar yarat, degan naql bor. Olis oʻlkalarda boʻlgan Munira katta taassurotlar bilan qaytadi. Avvalo tadbirkorlikni nimadan boshlashni oʻylaydi.
- “Aysberg-lyuks” da ishlaganimda doim oʻylardim: “shu ayol qilgan tadbirkorlikni nahot men qila olmayman. Qishlogʻimga borib albatta nimanidir yoʻlga qoʻyaman, uy bekalari bilan ishlayman”, deb oʻylardim. Qishloqqa kelib birinchi qilgan ishim xotin-qizlar uchun goʻzallik salonini ochdim. Salonga birin-ketin xotin-qizlar kela boshladi. Ularni sochini turmaklab, chiroyli qilib qoʻyish menga zavq bagʻishlardi. Salonda 4 nafar qiz ishlardi.Ularni ayollar sartaroshligiga oʻrgatib, keyin ish boshladim.
Soʻngra Munira gilam toʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Azaldan buviyu momolarimiz hunarmand boʻlishgan. Hunarlarini ortidan roʻzgʻori but boʻlgan. Hunarli kishi hech zamonda xor boʻlmagan.- Onam ham hunarmand boʻlgan, lekin elga tanilmagan. Tikkan koʻylaklari odamlarga juda yoqqan. Onamni hali-beri taniganlar gapirib berishadi. Hech qachon oʻlcham olmay tikkan, qoʻliga santimetr ushlamagan. Lekin, koʻylaklar mijozlariga toʻgʻri kelgan. Onam qoʻl mashinkada tikish qilgan. Meni ham buviyu momolarimizdan meros boʻlib kelgan hunarmandchilik koʻproq oʻziga tortdi. Gilam tsexini ochishni maqsad qildim, - deb soʻzlaydi Munira.
Maqsad bilan albatta ish bitmaydi. Har bir kasb-hunarning oʻz qiyinchiligi bor. Uning sir-asrorlarini oʻrganish uchun odamdan qunt va sabr talab qiladi. Bu jarayonda hunar oʻrganayotgan kishi albatta butun borligʻi bilan ishga kirishishi, qisqa qilib aytganda hunarni “jilovlay” olishi kerak.
Munirani yana savolga tutaman, qiyinchiliklardan qoʻrqmadiningizmi?
- Xatirchi tumanining oldingi hokimi Gʻofur Aliyev tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Men ham shu yigʻilishga ishtirok etdim. Men hokimga gilam toʻqish tsexini ochaman deganimda, hokim gilamingni qayerga sotasan deb soʻradi. Men esa Olovuddinday yelkamga yelkalab sotaman, menga kredit chiqaring, deganman. Shundan soʻng hokim bu ayolni shuncha shijoati bor ekan, bir ayol orqali bir necha ayollarni ishli qilamiz, deb meni qoʻllab-quvvatlashni boshladi.
Muniraning orzulari ushalib, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochildi. Avvalo gilam toʻqishni oʻrganish kerak edi. Sifatli gilamlar toʻqish uchun tajribali usta topish, bir necha ayollarni oʻqitish zarur edi. Munira gilam toʻqishni oʻrganishdagi kechgan davrlarni kuyinib eslaydi:- Eronlik Maryamxon bilan suhbatlashganimda 500 AQSH dollariga gilam toʻqishni oʻrgataman, dedi. Men esa tarjimonga bunga mening gaplarimni toʻgʻri tarjima qilgin, deb bu gapni gapirganman: bizning buviyu momolarimiz gilam toʻqib katta hunarmand boʻlishgan. Bunday paytlarda u hatto tugʻilmagan. Oʻzbeklar gilam toʻqishini u qayerdan bilsin? Qashqadaryoning Koson tumani Paxtazor mahallasida ustaga shogird turib oʻrgandim. Soʻngra mahallamizdagi qizlarga oʻrgatdim.
Mana endi tsex ochish uchun hamma tayyorgarlik koʻrildi. Gilam toʻqish uchun Erondan dastgohlar, iplar ham keltirildi. Qishloq xotin-qizlari Muniradan gilam toʻqish sirlarini oʻrganib, katta hunarmand boʻlishdi. Birin-ketin gilamlar tayyor boʻla boshladi. Munira oʻzi aytganidek, “Olovuddinday yelkalab” gilamlarini mahalliy bozorlarga olib borib sotdi.
Munira faqat gilam toʻqish bilan kifoyalanib qolmadi. Tarmoqni kengaytirish, yana yangi ish oʻrinlarini ochish uchun bel bogʻladi. Non mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexini yoʻlga qoʻydi. Bu tsexda bugungi kunda 3 nafar ishchi doimiy ish bilan taʼminlangan, 26 ta tashkilotga issiq non tarqatiladi. Nonlar sifatli boʻlgani uchun mahsulotga xaridor koʻp.
Munira Hamroyevaning tadbirkorlik faoliyati haqidagi soʻzlarini tinglar ekanman, uning yuragida haqiqiy tadbirkorlik shijoati urib turardi. Ertangi kun umidlari, qishloq ayollarining dardu tashvishlari bilan yonma-yon yashayotgan Munira hech bir muammoga befarq emas.
Munira Hamroyevaning oʻz taʼbiri bilan aytganda “kichik tsexning kichik faoliyati” bilan Xatirchi tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib borar ekan, yurtimiz taraqqiyotida, istiqbolda erishiladigan marralarda ayollik nozik yelkalari bilan, katta shijoat bilan yelkadosh boʻlayotir.
- Qishloqlarda ham shirinliklar ishlab chiqaradigan, tekistil fabrikalari boʻlishini juda-juda istardim. Mana shu kichik seximizning kichik faoliyati bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshayotganimdan juda xursandman. Qoleversa, biror-bir ayolimiz chetga chiqib ishlashini hecham xohlamayman. Ayollarimiz oʻz farzandi, oilasi bagʻrida boʻlsa, qanday baxt! Gilam toʻqish tsexida 14 nafar, non mahsulotlari ishlab chiqarish tsexida 3 nafar xotin-qiz ishlaydi. Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchiman. Har bir ishchiga oylik maosh berish kerak. Ammo, kredit olganman, bu esa oylik maoshga taʼsir qiladi. Istardimki, tadbirkorlarga ham subsidiyalar ajratilsa, ishchilarimiz oyligini koʻtarardik, qishloq ayollari ham turmush sharoitini yaxshilab olardi. Ish oʻrinlari koʻpayardi. Xotin-qizlarimizning chetga chiqib ishlashlari kamayardi.
Qayd etish lozim, nozik xilqat vakillari sanalmish xotin-qizlarimizning jamiyat hayotidagi oʻrni va faolligi yildan-yilga oshib bormoqda. Ular bugungi kunda ijtimoiy soha bilan birga mamlakatimiz iqtisodini mustahkamlashda ham faollik koʻrsatayotir. Tadbirkor ayollar, xususan Munira Hamroyeva kabi xususiy biznes egalarining chekka tumanlarimizda ham tobora koʻpayib borayotgani fikrimiz dalilidir. Bu jarayon esa oʻz oʻrnida joylardagi ishsizlik muammosining samarali yechimida muhim ahamiyat kasb etmoqda.F. Qodirova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Rossiyada sovuqda qolib ketgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
“Matonat” filmining oʻzbek va rus tillaridagi premyerasi boʻlib oʻtdi
DXA: kitob oʻqiyvering…
Mergan ayol
Pillachilikka pandemiya pisand emas
Izohlar (0)