Navoiy shahar IIB plastik karta egalarini ogohlikka chaqirdi

Qo‘l telefoningizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Markaziy bank, tijorat banki, to‘lov tashkiloti yoki to‘lov tizimi operatorining nomidan xavfsizlik, plastik karta, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash yoki boshqa bo‘lim xodimi deb tanishtirib, mobil ilovangiz buzilgani, bank kartangiz blok holatiga tushgani, kartadan noqonuniy pul yechib olishga urinishlar bo‘layotgani va shu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol chora ko‘rilmasa, barcha mablag‘lardan ayrilishi haqida aytib, firibgarlar tomonidan ijtimoiy injeneringni qo‘llagan holda turli psixologik bosim o‘tkazishga urinish holatlari shular jumlasidandir.
Navoiy shahar IIB turli firibgarlik yo‘li bilan bank kartalaridagi pul mablag‘lari yechilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarimizni ogohlantirdi.
Hech qachon telefoningizga kelgan bank kartalari bilan bog‘liq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish huquqini beruvchi login va parollarni hech qanday shaxslarga aytmang. Ular sizdan olgan ma’lumotlar (SMS-kod, login va parol va h.k) orqali bank kartangizdagi pul mablag‘larini ko‘chirib olish yoki sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qo‘lga kiritadi.
FIRIBGARLARNING BU KABI HIYLALARIGA ALDANIB QOLMANG! OGOH BO’LING!
M.XALIMOV,
Navoiy shahar IIB JQB xodimi, katta leytenant
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)