Insonparvarlikning yuksak ifodasi
Qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan oʻtganlik uchun jinoyat qonunchiligida javobgarlik belgilangan.
Fuqaro S.Gʻofurov(ismi sharifi oʻzgartirilgan) qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirib kelgan boʻlsada, sud tomonidan jazodan ozod qilindi.
Gap shundaki, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro Gʻofurov ishlash maqsadida Qozogʻiston Respublikasiga boradi,
2018-yilda Qozogʻistonda ishlab yurgan vaqtida qozoq millatiga mansub fuqaro uni urib fuqarolik pasporti olib qoʻyadi,shundan soʻng Gʻofurov vataniga qaytishga qaror qiladi.
Gʻofurov chegara orqali qonuniy tartibda Oʻzbekistonga qaytishning imkonini topa olmagach, 2021-yil 2-noyabr kuni aylanma yoʻllar orqali Oʻzbekistonga kirib kelganida, chegara qoʻshinlari tomonidan ushlanadi.
Tergov organi tomonidan Gʻofurovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 223-moddasining1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi, jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudida koʻrib chiqildi.
Sud Gʻafurovning shaxsini, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, ishlash maqsadida Qozogʻistonga borib ogʻir ahvolga tushib qolgani, oilaviy ahvolihamda sodir qilgan jinoyati ogʻir oqibatlarga olib kelmaganini e’tiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi JPK 463-moddasi 3-qismining 6-bandiga asosan jazodan ozod qilib hukm chiqardi.
Zero, qonunning maqsadi faqat jazolashdan iborat emas,Gʻafurovning ishida insonparvarlik va odillik prinsipiga tayanildi.
Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudining raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)