Navoiyda tovlamachi ayol jinoyat ustida qoʻlga olindi

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2022-yilning 9-mart kuni 23:36 da Navoiy shahrida joylashgan kafelarning birida Dildora Boymurodova fuqaro N.N dan tovlamachilik yoʻli bilan talab qilgan 1500 AQSH dollar pullarni olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Shundan soʻng fuqaro D.N. Boymurodova yonida boʻlgan ayollar sumkasi xolislar va himoyachi ishtirokida koʻzdan kechirilganda uning sumkasidan tovlamachilik yoʻli bilan olgan 15 dona 100 kupyuralik maxsus kukun yordamida ishlov berilgan jami 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullar protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Dildora Boymurodovaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda D.N.Boymurodova Oʻzbekiston Respublikasi JPK talablari asosida ushlangan.
Tergov harakatlari insonparvarlik, qonuniylik va odillik tamoyillari asosida olib borilishi ta’minlanadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)