Ta᾽lim –kelajak kaliti
Ma᾽lumki, o‘qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ikki hissa ma᾽suliyatni talab etadi chunki o‘qituvchining birgina xatosi tuzatib bo‘lmas natijalarga olib kelishi mumkin. Shu bois o‘qituvchi shaxs ruhiyatini chuqur bilishi ,ta᾽lim tarbiyaning barcha vositalari ,uslublari va yo‘llaridan samarali foydalanishi, o‘quv –tarbiya jarayonini tashkil eta bilishi lozim.
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta᾽lim-tarbiyadan boshlanadi.Ta᾽lim-tarbiya esa ong mahsulidir. Shunday ekan, yosh avlodni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish-ta᾽lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir” degan fikrlar juda tog‘ridir.
Endi maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolajon o‘zining bor mehrini,qalb g‘ururini, e᾽tiborini bilim olishga, izlanishga qaratadi.Jajji o‘quvchilarning mehrini qozonib ular ko‘nglidan joy olish uchun o‘qituvchi shirinso‘z,mehribon,bilimdon har tomonlama yetuk salohiyatga ega inson bo‘lishi zarur.Shunda u murg‘ak qalbning mehrini qozonadi va “Ustozim “deb uning hurmatiga sazovor bo‘ladi.
Kelajak avlodni tarbiyalash haqida qayg‘urish, barkamol, yetuk naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Qadim ajdodlarimiz o‘z kelajagini yaratish uchun farzandlarini ilm beruvchi ustozlar,hunar o‘rgatuvchi hunarmandlar, hatto jang qilish mahoratini o‘rgatuvchi sardorlarga berib, ularning mahoratini yuksaltirishga intilib kelganlar.Chunki har qaysi davlat, har bir millat birinchi navbatda o‘zining yuksak ma᾽naviyati va madaniyati bilan kuchli ekanligini anglaganlar.
Bugungi kunda ota-onalar shu ulug‘ niyat yo‘lida o‘z farzandlarini maktabga yetaklab kelar ekanlar, o‘qituvchi yelkasiga katta mas᾽uliyat va ishonch yuklaydi.Bu ishonchni oqlash uchun ta᾽lim-tarbiya sohasida isloh qilinayotgan qonunlar, yangi pedagogik bilimlarni egallashimiz darkor.
Sinf o‘quvchilarining darsga qiziqishini shakllantirish masalasiga shunchaki yondashib bo‘lmaydi.Sinfda o‘zlashtirishda o‘quvchilardan orqada qolayotgan bolalarga alohida individual yondashish lozim.Shundagina o‘quvchi bilmagan narsasini bilishga,qiziqmaganiga qiziqishga harakat qiladi.O‘quvchiga darsga bo‘lgan muhabbat uyg‘onishiga, qiziqish va intiluvchanlik xislatlarining yuzaga chiqishiga turtki berish kerak.
Hozirgi zamon ta᾽limi oldida turgan asosiy maqsad, o‘quvchi shaxsini faqatgina bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish faoliyatiga o‘rgatishdan ham iboratdir.
O‘quvchi ko‘nikma va malakani egallashi uchun quyidagi xatti-harakatlar shakllanishiga erishish lozim:o‘ziga ishonch,ishda faollik ko‘rsatish,ustozi va o‘rtoqlari bilan fikr almashish, boshqalarni eshitish malakasini shakllantirish. Bola shaxsining shakllanishida butun ijtimoiy voqelik ,xususan uning o‘zi o‘sadigan oila muhiti katta ahamiyatga egadir. O‘quvchilarning oiladagi turmush madaniyati,mehnat munasabatlari, ota-onanaing ahloqiy saviyasi farzandlar timsolida aks etadi.
Nilufar TURSUNOVA,
Navoiy shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Xalq ta'limi vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
Orzularining ro’yobini shogirlarida ko’rgan ustoz
Navoiy viloyatida ikki nafar oʻqituvchiga “Cobalt” avtomobili sovgʻa qilindi
Navbahor tumanining “oltin fondi” va “qizil hudud”dan “yashil hudud”ga qanday o‘tiladi?
“Professori shunday bo‘lsa, talabasi qanday bo‘larkin?”
Buxoroda adabiyot bayrami
Izohlar (0)