Gazdan noqonuniy foydalangan shaxsga sud hukmi oʻqildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida gazdan noqonuniy foydalangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
H.Xasanov (shaxsi oʻzgartirilgan) “Invest Nurbek” xususiy korxonasi rahbari lavozimida ishlab kelib, korxonaga qarashli boʻlgan Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yangi Ariq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Ohaktosh kuydirish” sexida foydalanilgan gaz hajmlarini hisob-kitobini amalga oshirish uchun oʻrnatilgan STG-80/400 (№18757), Flougaz (№01223) rusumli elektron gaz hisoblagichning oʻzgarish koeffitsiyenti koʻrsatgichini
06.02.2021-yil soat 1145 dan boshlab 1,0 m3/impulsdan 0,5; 0,3 va
01, m3/impulsga 2021-yil 9-avgustga qadar oʻzgartirilishi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 125 “g” kichik bandida koʻrsatilgan qoidani buzib, gazdan noqonuniy foydalanib kelishi natijasida “Hududgaz Navoiy” filiali manfaatlariga 707.269.000 soʻmlik juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Sud, H.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, yetkazilgan zararni qisman qoplaganligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1852-moddasi 4-qismi bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sherali Xomidov, Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi raisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxsga sud hukmi oʻqildi
Turmush oʻrtogʻini oʻldirishga qasd qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi
Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi
Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi xodimlariga nisbatan hukm oʻqildi
Hisobsiz foydalanilgach...
7 mingta noqononiy holat aniqlandi
Izohlar (0)