Navoiyda ogʻufurushga sud hukmi oʻqildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida ogʻufurushga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
J.Jiyanov (shaxsi oʻzgartirilgan) 2020-yil may oyida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish maqsadida, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani “Dobusiya” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan qarovsiz yerga tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositalari boʻlgan ekin hisoblangan “Marixuana” oʻsimligi urugʻini ekib, ushbu urugʻdan oʻsib chiqqan 1 tup “Marixuana” giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgan.
Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, kelgusida giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish maqsadini koʻzlaydi. 2021-yil 31-oktyabrda har
100 grammini oʻrtacha 3.000.000 soʻmdan jami 30.000.000 soʻmga bir dona oq rangli polietilen sumka va ushbu sumka ichiga alohida qadoqlanib, bir dona oq rangli qopga solingan, och jigar-yashil rangli, quruq holdagi, oʻziga xos oʻtkir hidli, oʻtsimon koʻrinishdagi, Navoiy viloyati IIB EKBning 31.10.2021-yildagi
№173-sonli xulosasiga koʻra, sof ogʻirligi 1043 grammga teng boʻlgan koʻp miqdordagi “marixuana” giyohvandlik moddasini tezkor tadbir qatnashchisi fuqaro B.Rajabovga Xatirchi tumani, “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻini yaqinidagi “Zarafshon” daryosi boʻyida qonunga xilof ravishda sotish yoʻli bilan oʻtkazish uchun olib boradi.
Navoiy viloyati IIB JQB va DXX Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olinib, oʻzining jinoiy harakatlarini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatda oxiriga yetkaza olmasdan suiqasd qilgan.
Sud, J. Jiyanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi JKning 270-moddasi
1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qoʻllab, JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 8 (sakkiz) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sherali XOMIDOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)