Navoiyda noqonuniy qurol saqlab kelgan fuqaroga hukm oʻqildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida noqonuniy qurol saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
M.Xasanov (ism, familiyasi oʻzgartirilgan) Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yashash xonadonidagi mol saqlash uchun moʻljallangan ogʻilxonada sudga oid ballistik ekspertizaning xulosasiga koʻra bir dona, yaroqli boʻlgan, 16 kalibrli, “67751” raqamli bir stvolli, 1963-yilda ishlab chiqarilgan, “B” rusumli oʻqotar ov qurolini va silliq stvolli, 16 kalibrli ov quroli uchun shtatli boʻlgan ikki dona patronni tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Sud M.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 248-moddasi 1-qismi bilan 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Habibulla TUXTAYEV,
Jinoyat ishlari boʻyicha
Xatirchi tuman sudi sudyasi
Jinoyat ishlari boʻyicha
Xatirchi tuman sudi sudyasi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)