ILLATLARGA ERGASHMANG!
Bosh Qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, diniy ahkomlarda ham farzandni dunyoga keltirgach boqish, tarbiyalash ota-onalarning muqaddas burchi ekanligi mustahkamlangan.
Ammo, Firuz va Parvina 5 yoshli bolasini erkalatib, chiroyli tarbiya berish, halol boqib ulgʻaytirish oʻrniga arzimagan narxga pullashni reja qiladi.
Oyoq-qoʻli sogʻlom, ishlashga yaroqli boʻla turib, bolamni boqolmayapman, oilamga pul yetmayapti, deyish takasaltang, dangasa, manqurtlarning ishidir.
Firuzning turmush oʻrtogʻi ketma-ket farzandli boʻlganligi, farzandlarining sogʻligʻi yaxshi emasligi, shu sababli u farzandlarini va turmush oʻrtogʻini davolatish uchun shifoxona va dori-darmonlarga, shuningdek
oilasining oziq ovqati va kiyim kechagiga koʻp xarajat qilganligihamda koʻpchilikdan qarzdor boʻlib qolganligi, turmush oʻrtogʻining yana homilador boʻlganligini bahona boʻladi.
Shunda u Parvinaga bolalarni qanday boqamiz, bolalarini biror-bir bola asrab olmoqchi boʻlgan kimsaga berish kerakligini aytadi. Oradan bir necha oy oʻtib, turmush oʻrtogʻi unga bola oladigan bir ayol borligini, u bilan gaplashganligini aytadi.
2022-yil mart oyida turmush oʻrtogʻi Pravinaga qoʻngʻiroq qilib, bolani oladigan odamlar kelishayotganligini, ular bilan koʻrishish kerakligini taʼkidlaydi. “Mehmonlar” Navbahor tumani “Oʻrta Zarafshon” BUSHga, qarindoshi
Zubaydaning dala hovlisida ekanligini maʼlum qiladi. “Ota-ona” birga Zarafshon daryosi boʻyiga keladi. Bu yerga oldindan tanish boʻlgan Madina ismli ayol va unga notanish boʻlgan, keyinchalik bilishi boʻyicha ismi Gulchehra ismli ayol oʻtirganligini koʻradi. Gulchehra ismli ayol ularga farzandi yoʻqligini, biror-bir bola olmoqchi ekanligini aytadi. Parvina unga qornida bolasi borligini, shu bolasini berishini aytganida, Gulchehra bunga rozi boʻlmaganligi va kattaroq farzandini unga berishlarini soʻraydi. U esa Gulchehraga ikkinchi farzandi Ruslanova Afruzani berishga roziligini bildiradi.
Afruzani kimsaga berishiga sabab, odamlardan 15 mln. qarzi borligini, undan keyin esa bolalarini sharoitini yaxshilab olishi kerakligihaqida ohu-nola qiladi. Afruza uchun Gulchehra bolasi uchun 150 mln. soʻm pul berish keraklini aytganligi aytadi. Gulchehra bunga rozi boʻladi va unga ertaga pul bilan uyiga borishini aytadi.
Gulchehra ertasi kuni Afruzaning tugʻilganlik guvohnomasini olib, 7200 AQSH dollari borligini, 150 mln. soʻmga oʻzaro hisob-kitob qilishlarini aytadi. U shu vaqtda har bir AQSH dollarini 10 ming 900 soʻmdan hisoblab, 78 mln 480 ming soʻmni qarz sifatida olganligini pasport nusxasiga yozib beradi. Keyin Firuz Gulchehradan 7.200 AQSH
dollarini olib, ozroq sanaganligi va AQSH dollari toʻliq ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Ushbu holat boʻyicha Biktimirov Firuz va Biktimirova Parvinalarning qilgan jinoiy ishi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Shu oʻrinda aytmoqchimizki, buviyu bobolarimiz ocharchilik, urush yillarida ham bolasini bagʻriga bosib, bir burda non topsa-da, bola tarbiyasini, ulgʻaytirishni oʻylashgan, ammo bolasini oʻldirishni, tashlab ketish kabi mudhish ishlarni oʻylashmagan. Zamonimiz toʻkin-sochin, mehnat qilsa pul topadi, lekin nima uchun bola sotish, oilaviy ajrashishdek illatlarga odamlar ergashadi?
Bunday jinoyatlarga jazo muqarrardir.
M. RAYIMOV,
Navbahor tuman sudi sudyasi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)