Panadagi “marixuanna”
Mehnatkash xalqimiz bahorning iliq, yomgʻirli kunlaridan unumli foydalanib ekin ekib, parvarishlab hosil oladi. Dehqonchilikning sir-sinoatlarini mukammal egallaganlar esa, hatto yetishtirgan mahsuotlarini bozorga chiqarishga ham ulgurgan.
Hovli joylarda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizning kichik yerlarida hech boʻlmaganda koʻkatlar borligiga guvoh boʻlamiz. Ammo Navbahor tumani “Koʻhron” MFYda yashovchi, 48 yoshli X.Aning xonadonidagi bulgʻor koʻchati va uzum toki 2 tup oʻtkir hidli “marixuanna” giyohvand oʻsimligini bekitish uchun ekilgandek.
Navoiy viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi hamda IIV OʻXB xodimlari hamkorligida mazkur tumanda oʻtkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida uning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, fuqaro X.A haqiqatdan tomorqasida giyohvand modda yetishtirayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)