O’zbekistonda yetti oyda 92 trillion so’mlik kredit ajratilgan
9-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuviga tayyorgarlikning borishi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Bugungi kunga qadar tadbirkorlardan 13 ming 500 dan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushgan. Bu borada tuzilgan respublika shtabi aʼzolari ularni birma-bir oʻrganib, har kuni muhokama qilib bormoqda. Tadbirkorlar koʻtargan 12 mingdan ziyod shaxsiy masalalarning yarmidan koʻpi hozirgi kungacha hal etilgan.
Joriy yilning yetti oyida ajratilgan kreditlar hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizga oʻsib, 92 trillion soʻmni tashkil qilgani taʼkidlandi. Shunga qaramay, tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkalari va muddati qisqaligi tadbirkorlar uchun eng dolzarb masala ekani ayon boʻlmoqda. Murojaatlarning 42 foizi shu sohaga oid.
Prezidentimiz iqtisodiyotga uzoq muddatli resurslarni olib kelish, dollarlashuv darajasini kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Ikkinchi dolzarb masala yer va bino ajratish bilan bogʻliq. Bunday murojaatlar 21 foizni tashkil etgan. Tadbirkorlarga bu borada imkoniyatlarni kengaytirish uchun hududlarga ishchi guruhlar yuborib, joriy yil 1-sentyabrdan auksion savdolariga chiqariladigan yer maydonlari va binolar roʻyxatini shakllantirish vazifasi qoʻyildi.
Xususiy mulkni huquqiy himoya qilish, litsenziya va ruxsatnomalar olish boʻyicha mingga yaqin murojaatlar kelib tushgani bu yoʻnalishda tizimli muammolar saqlanib qolganini koʻrsatmoqda. Shuningdek, murojaatlardan infratuzilmaga ulanish borasida ham koʻplab muammolar borligi maʼlum boʻlmoqda.
Soliq va bojxona sohalari, imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishga oid masalalar ham tahlil qilindi.
Davlatimiz rahbari har bir murojaatni alohida nazoratga olib, ularga toʻliq yechim topish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash
Navoiy IESda nosozlik yuzaga keldi
100 mingta murojaatni hokimlik o’z kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud
Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi
1-iyuldan nimalar o’zgaradi?
Investitsiya va eksport sohalaridagi natijadorlik bugungi kun talabiga mosmi?
Izohlar (0)