Hokimlik yerini sotmoqchi bo’lganlar ushlandi

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro X.S. 6-avgust kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, oʻzini MCHJ taʼsischilari deb tanishtirgan ikki shaxs Boʻstonliq tumani hokimi qarori bilan bogʻ barpo etish va obodonlashtirish uchun 30 yilga ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 million dollarga sotishini aytib, oldindan 200 ming dollar talab qilganini bildirgan.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 6-avgust kuni tezkor tadbir oʻtkazib, fuqarolar R.G. va D.J.ni ariza muallifidan 200 ming dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olgan.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

Qarshi tumanidagi hokimiyat zaxirasida turgan boʻsh yerni sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi

Buxoroda 14 ming dollar evaziga yer sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Tovlamachi

9 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Izohlar (0)